«Bunyodkor» boş direktori vazifasini bajaruvçi Uluğbek Mirzayev yangi mavsum arafasida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Avvalambor, turli miş-mişlarga qaramasdan «Bunyodkor» Superligadagi öz örnini saqlab qolganligi bilan klub muxlislarini, işqibozlarini tabriklayman. Tan oliş kerak, mavsumlar oraliğidagi tanaffus biz uçun juda oğir keçdi. Xabaringiz bor, sönggi vaqtlarda klub atrofidagi salbiy miş-mişlar, turli gap-sözlar me'yoridan ham ortib ketdi. Köpçilik futbol muxlislarida jamoamiz bu yil Superligada iştirok etmas ekan, degan fikrlar uyğongan edi. Biroq, şukrki, unday bölib çiqmadi. Buning uçun Özbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasiga alohida minnatdorçilik bildiramiz. Sababi «Bunyodkor»ning tarixi, klubning mavqei, uning xalqaro arenadagi obrösini hamda sönggi vaqtlarda klubda amalga oşirilgan ijobiy özgarişlar va bajarilayotgan işlarni inobatga olgan ÖFA Klublarni litsenziyalaş bölimi Superligada iştirok etadigan 14 jamoa safiga kiritdi.
Öylaymanki, avval bölgani kabi bundan keyin ham «Bunyodkor» reglamentda belgilangan vazifalar va talablarga jiddiy e'tibor qaratadi hamda boşqa klublarga bu borada örnak bölib namuna körsatişga harakat qiladi. Klubimiz nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham doimiy tarzda öz sözini aytişga intiladi. Şuningdek, Vadim Abramov boşçiligida yaşil maydondagi natijalarimiz bilan «Bunyodkor»ning avvalgi mavqeyini qaytarib, muxlislarni xursand qilişga va'da beramiz.

Hozirgi kunda tarkibimiz ança yoşargan, tajribali futbolçilarimiz klubni tark etdi. Biroq, biz şu yoşlarimiz bilan ham «Bunyodkor»ning şarafini munosib himoya qilamiz.
Qur'aga keladigan bölsak, Superliga ikki davrada ötkaziladi, ikki davra davomida barça klublarga qarşi ikki martadan öynaymiz. Şu sababdan ham Superligani kimga qarşi boşlab, kimga qarşi tugatiş unçalik muhim emas. Muhimi – biz yana Superligadamiz! Va yana bir bor Özbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasiga «Bunyodkor»da olib borayotgan işlarimizni ijobiy baholab, işonç bildirgani va jamoamizni Superliga jamoalari qatorida körgani uçun minnatdorçilik bildiraman», – degan Mirzayevning sözlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Ma'lumot uçun, «qaldirğoçlar» qur'aga asosan Superliganing dastlabki beşta turini mos ravişda «Söğdiyona», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Andijon» va OKMK klublariga qarşi ötkazadi.
Eslatib ötamiz, qur'a oldidan Kun.uz bilan suhbatda bölgan Uluğbek Mirzayev «Bunyodkor»ning bugungi holati, Komilov va Aşurmatovlarning transfer narxlari, Simonenkoga tölangan 50 ming dollar va klub mavsumni qaysi stadionda boşlaşi kabi mavzularda













