Vetnam poytaxti Xanoy şahrida AQŞ prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Çen In iştirokida ikki kunlik ikkinçi AQŞ-KXDR sammiti boşlandi. Bu sammit ötgan yilning iyunida Singapurda ötkazilgan birinçi sammitning mantiqiy davomi bölib, ikki davlat munosabatlari normallaşuvi va Koreya yarimorolida yadrodan xoli böliş jarayoni ifodasi böladi.

Bir-biriga tabassum bilan yuzlangan siyosatçilar uçraşuvni samimiy qöl siqişiş bilan boşlaşdi. Tramp şimoliy koreyaliklar yetakçisining yelkasiga qoqib qöydi.

«Menimça, sammit juda muvaffaqiyatli keçadi», dedi u jurnalistning savoliga javob berar ekan.

«Bizning muloqotimiz qiziqarli böladi», degan Kim.

Trampdan «Sammit yakunida Koreya uruşi yakunlangani haqida rasman e'lon qilinadimi?», deya söraşganida u şunday javob qaytardi: «Köramiz».

AQŞ prezidenti Şimoliy Koreyaning iqtisodiy istiqbolini yuqori baholagan.

«Taxminimça, sizning mamlakatingiz ulkan, çegarasiz, ajoyib iqtisodiy imkoniyatlarga ega. Men hisoblaymanki, sizning mamlakatingizni zör kelajak kutmoqda, siz buyuk rahbar bölib qolasiz», degan u suhbatdoşiga qarata.

«Vetnam yer yuzidagi boşqa köplab davlatlar qatori farovon ölka. Şimoliy Koreya ham agar yadroviylaşişdan voz keçsa, şunday farovon böladi.

Imkoniyatlar ulkan, buning muqobili yöq. Döstim Kim Çen In uçun barçasi yaxşi böladi. Biz barçasini juda tez vaqt içida bilib olamiz. Juda qiziq böladi», degan amerikalik prezident.

U payşanba kuni katta matbuot anjumani ötkazilişini ma'lum qilgan.

Uçraşuv Xanoydagi Metropole mehmonxonasida taşkil etildi. Trampga Vetnamda Oq uy ma'muriyati rahbari Mik Malvini hamda AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo hamrohlik qilmoqda.