Özbekistonning Isroildagi elçixonasi bergan ma'lumotlarga köra, 2019 yilning 24 fevral kuni diplomatik vakolatxonaga uşbu mamlakatga tibbiy körikdan ötiş uçun kelgan, 1940 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi Marat Zohidovning vafot etgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
TIV xabariga köra, elçixona konsullik bölimi tomonidan taşkiliy va yuridik masalalarni hal qiliş böyiça aniq çoralar körilgan.
Isroil hukumatining ruxsati va qarindoşlarining roziligi bilan marhum M.Zohidovning jasadi «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasining navbatdagi reysida Toşkentga yuboriladi, deyiladi xabarda.
Matematik professor Marat Zohidov huquq himoyaçisi sifatida 30 yil faoliyat yuritgan.
U Özbekiston Inson huquqlarini himoya qiliş xalqaro taşkiloti boş kotibi, Özbekiston şaxs huquqini himoya qiliş qömitasi asosçisi edi.
Marat Zohidov Özbekiston Fanlar Akademiyasining prezidenti bölgan olim Teşa Zohidov oilasida tuğilgan. Moskva Davlat universitetini bitirib, Toşkent Davlat universitetida öqituvçilik qilgan.












