Bugun, Toşkent vaqti bilan 28 fevralga ötar keçasi soat 01:00da Ispaniya Qirol Kubogining yarimfinalida javob bahsi ötkaziladi. Madridning «Real» klubi öz maydonida azaliy raqibi «Barselona»ni qabul qiladi. Jamoalarning Kataloniyada ötkazilgan birinçi öyinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Çempionatda «Barselona» katta farq bilan oldinga ötib ketganini inobatga olsak, aynan bugungi öyin yilning markaziy klasikosi böladi. Kubok finaliga kim çiqarkin?

Sirli «Real»

«Real» uçun mavsum juda yomon boşlandi. Avvalo jamoa murabbiy tanlaşda xato qildi. Xulen Lopetegi «Real»dek katta jamoaga mos emasligini körsatib qöydi. Santyago Solarining kelişi esa vaziyatni bir qadar yaxşiladi. Töğri, «Real» u kelganidan keyin ham örtamiyonalarga oçko berişda davom etdi. Lekin Solari murabbiy sifatidagi ilk klasikosida «Barselona»ga qarşi juda yaxşi tayyorlana oldi. «Real» Lopetegi bilan «Barselona»dan 5ta gol qabul qilib olgani holda, u safardan durang bilan qaytdi. Mavsumning birinçi klasikosida ikki jamoa örtasidagi farq yaqqol körinib qolgandi. Kubok yarim finalining birinçi öyinida esa yana teng kuçli «Real» va «Barselona»ni kördik. Demak, bugungi öyindan kutiladigan ilk narsa şuki, «Bernabeu»da «Jirona»ga yengilgan yoki «Levante»ni penaltilar bilan yenggan «Real»ni emas, klasikoda birinçi raqamda bölişni istaydigan «Real»ni köramiz.

Tuşunarsiz «Barselona»

Bugungi «Barselona»ga tuşunarsiz deb ta'rif beriş mumkin. Masalan, jamoa «Real»ga qarşi oldingi öyinda özi xohlagani kabi ustunlik qila olmadi. «Real» bunga yöl qöymadi, töğriroği. Valverde kelgaç «Barselona» qandaydir xotirjam jamoaga aylanib qolgandek körinmoqda. Ötgan mavsum jamoa uçun yomon ötmadi. Çempionatdagi gegemonlik buni isbotlaydi, lekin birgina öyindagi ruhan tuşkunlik «Barselona» uçun mavsumni omadsizga aylantirdi. Çunki tarkibida Messi bölgan jamoa uçun Çempionlar Ligasidagi ğalabasiz yakunlangan mavsumni muvaffaqiyatli deb bölmaydi. «Roma»ga qarşi öyinda «Barselona»ga öyinni yondirib yuboradigan çöğ yetişmagandi. Katta ehtimol bilan Vidal va Boateng kabi jöşqin futbolçilar aynan şuning uçun olib kelindi. Bu mavsumdagi ilk klasikoda «Real» ança kuçsiz edi va u öyinda «Barselona» katta bosimdan çiqib ketib ğolib bölmadi. Hozirça Valverdening arsenalida bunday ğalabalar köp emas. «Sevilya»ga qarşi öyinda super «kambek» amalga oşirildi, lekin uni bir futbolçi qilganini ham unutmaslik kerak... Xullas, bugun qanday «Barselona»ni körişimizni taxmin qiliş qiyin.

«Real»ning ahvoli unçalik yomon emas

«Real» bu mavsumni yomon ötkazmoqda, Ronaldu ketdi, Zidan ketdi, Peres yomon, jamoa pul sarflamayapti, deyilmoqda. Lekin bir faktga e'tibor bering: «Real» ötgan mavsumda La Ligada 3-örinni olgan va «Barselona»dan roppa-rosa 17 oçko ortda qolgan. «Real» va «Barselona» uçun ikkita maqsad bölişini bilasiz. Birinçidan, özi qatnaşadigan barça musobaqalarni yutiş va nima qilib bölsa ham azaliy raqibidan («Barsa» yoki «Real»dan) yuqorida böliş. Zidan Çempionlar Ligasini 3 martalab yutgan bölsa-da, La Liganing ötgan mavsumida yomon natija qayd etdi.