Misr poytaxti Qohira şahrida, Misr temiryöllarining eng asosiy vokzali - Ramzes vokzalida kuçli yonğin röy berişi oqibatida kamida 20 kişi halok bölib, 40 kişi jarohatlandi.
Qutqaruvçilarning ma'lumotlariga köra, yölovçi poyezdi platformaga töqnaşişi oqibatida yonğin kelib çiqqan, guvohlarning aytişiça, hududda portlaş ovozi ham eşitilgan.
Associated Press naşri şifokorlarga asoslanib xabar qilişiça, qurbonlar soni ortişi mumkin.
Agentlik ma'lumotiga köra, yonğin tezyurar poyezdda röy bergan, Ramzes vokzaliga yetib kelgan poyezdda yoqilği baki portlagan. Voqea joyini qalin tutun qoplab olgan, vokzalga önlab tez yordam maşinalari, qutqaruvçilar hamda öt öçiruvçilar yetib kelişgan.














