Pokistondan xabar berişlariça, Hindistonga tegişli ikkita harbiy samolyot Pokiston havo hududida urib tuşirilgan.

Bu haqda Press TV xabar tarqatdi.

Foto: AFP

TASS’ning Pokiston qurolli kuçlari matbuot kotibi general-mayor Asif Ğofurga asosan xabar qilişiça, «Hindiston harbiy-havo kuçlarining qiruvçi samolyotlari mamlakat havo hududini buzib kirgan».

Foto: REUTERS

Aniqlik kiritilişiça, samolyot uçuvçilaridan biri asirga ham olingan.

Uşbu holat böyiça batafsil tafsilotlar hozirça yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar keskinlaşayotgani xabar qilingandi.

26 fevral ertalab Hindiston harbiy-havo kuçlari Kaşmirning Pokiston qismidagi “Jayişi Muhammad” guruhining yirik maşğulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida köplab jangarilar, ularga tegişli transport, qurol va öq-dori yöq qilingan. Hindiston taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Vijay Gokxale bu zarba zarur bölgani, çunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkuşlar iştirokida hujumlar tayyorlayotganini aytgan.