Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar iştirokida soliq sohasidagi islohotlarning dastlabki natijalari muhokama qilindi.

Davlat soliq qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi xabariga köra, uçraşuvda Jahon bankining davlat sektori masalalari böyiça taniqli eksperti, katta maslahatçi Rajul Avasti, Jahon bankining davlat sektori masalalari böyiça yetakçi mutaxassisi Raul Feliks Janker-Varela, xalqaro konsultant Sergey Şatalov, Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev, Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev va moliya vazirining örinbosari Dilşod Sultonov kabi mutaxassislar iştirok etdi.

Uçraşuvda Özbekistonda amalga oşirilayotgan soliq islohotlarining dastlabki natijalari sarhisob qilindi.
Soliq qömitasi taşabbusi bilan Moliya vazirligi hamkorligida taşkil etilgan uçraşuvda 50 dan ortiq tadbirkorlar – yirik soliq tölovçilar iştirok etdi va ular tomonidan yöllangan 100 dan ortiq savollarga javoblar berildi.
Qayd etilganidek, 2018 yilda qöşilgan qiymat soliği tölovçilari soni 7 mingga yaqin bölgan bölsa, bugungi kunda ularning soni 35 mingtaga yetib, 5,2 barobarga oşgan.
Xuddi şunday, suv soliği tölovçilari soni 3,4 mingtadan 49,3 mingtaga yoki 14,3 barobarga ortdi.
Mol-mulk soliği tölovçilari soni 9,3 mingtadan 63 mingtaga yoki 6,8 baravarga hamda yer soliği tölovçilari soni 12,9 mingtadan 72,8 mingtaga yoki 5,6 barobarga ösdi.
Xalqaro ekspertlar tadbirkorlik sub'yektlariga teng raqobat şaroitini yaratiş uçun iqtisodiyotda yaşirin savdo aylanmalarini aniqlaş, biznesning bölinişiga qarşi kuraşiş va kelgusida oldini oliş yuzasidan jahon tajribasida sinovdan ötgan mexanizmlar böyiça öz fikr-mulohazalari hamda tavsiyalarini bildirdi.
Jumladan, Rajul Avasti köplab mamlakatlarda iqtisodiy va soliq islohotlarida iştirok etgan mutaxassis sifatida bu boradagi tajribasi bilan örtoqlaşdi va Özbekistondagi soliq islohotlarining dastlabki natijalariga ijobiy baho berdi.











