Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Rossiyadagi neft va gaz zaxiralarini baholadi.   

Vazirning prognozlariga köra, Rossiyadagi neft zaxiralari taxminan 30 yilga, gazniki esa 100 yildan köproqqa yetadi. V va S toifadagi neft zaxiralari ayni vaqtda 29 mlrd tonnani taşkil qiladi. 

Novakning ta'kidlaşiça, xomaşyo zaxiralari deyarli bir  darajada turadi, çunki har yili balansga yangi zaxiralar qöyiladi. “Zaxiraga qöyiladigan zaxiralar hajmi qazib oliş hajmidan birmunça yuqoriroq. Ya'ni kamaymaydigan daraja”, deb tuşuntirgan vazir.

Biroq uning ta'kidlaşiça, yangi zaxiralar sifati avvalgilaridan ança farqlanadi, çunki bu zaxiralar mayda va qiyin olinuvçi konlardir. Bundan taşqari, kelajakda uglevodorodlar energiya manbai sifatida emas, balki tovarlar işlab çiqarişda köproq qöllanadi, deb qöşimça qilgan Novak.