Tojikistonning Xatlon viloyatilik öqituvçi Umarali Zulfov 1985 yilda iş yuzasidan qadimiy Samarqand şahriga taşrif buyuradi. Umarali aka safardan gözal taassurotlar hamda kattakon non olib keladi.

Mana 34 yildirki bu non Umarali Zulfovning xonadonida bus-butun va sifati buzilmagan holda saqlanmoqda. U bu nonni Tojikiston boşdan keçirgan oğir yillarda, fuqarolik uruşi davridagi oçarçilik paytida ham yemagan, deb yozadi "Aziya Plyus".

– Men bu nonni birodar xalqlarimiz döstligi ramzi sifatida ehtiyotlab saqlab keldim. Oğir kunlarni boşdan keçirdik, 5 nafar farzandlarim oçlikdan non söragan paytlari böldi, lekin heç kim bu nonni sindirib yeyişni öylagani yöq. Har safar bu nonni körganimda Samarqandda ötkazgan ajoyib kunlarimni yodga olaman. Nonni öz holiça saqlaş uçun vaqti-vaqti bilan kungaboqar yoği surib, quyoşga toblab olamiz. Köpçilik bu non 35 yil davomida saqlanganiga işonmaydi – deydi Umarali aka.

Samarqand nonlari özining beqiyos mazasi, sifati bilan azaldan maşhur. Ular yillab saqlanganda ham toşdek qotib qolişi mumkin, ammo moğorlamaydi. Suvda bir ivitib, keyin isitgan holda iste'mol qilaveriş mumkin.

Yodingizda bölsa, Kun.uz saytida ham bu mahsulot haqida “Samarqandning maşhur nonlari — uni tayyorlaşning siri nimada?” nomli maqola e'lon qilingan edi.