Hindiston va Pokiston örtasidagi harbiy keskinlik yuzaga kelişi oqibatida aviakompaniyalar, jumladan, Uzbekistan Airways Pokiston havo kengliklari orqali uçişni vaqtinça töxtatişga majbur böldi.

Bugun Toşkentdan Dehliga soat 7:55da uçgan samolyot, Kaşmirda eskalatsiya yuzaga kelişidan avvalroq Pokiston havo kengligidan ötib, belgilangan vaqtda, soat 11:25da Dehlidagi aeroportga qöndi.

Ammo şu kuni keyinroq, soat 9:40da Toşkentdan Hindistonning boşqa bir şahri Amritsarga parvoz qilgan samolyot Pokiston öz havo kengligini yopişi tufayli ortga qaytib, soat 12:35da Toşkentga qöndi (Boeing 767 rusumli mazkur samolyot rejaga köra soat 12:40da Amritsarga qönişi belgilangandi). 

Öz navbatida, Rossiya Airlines’ning Moskvadan Bangkokka uçayotgan reysi ham parvozni töxtatib, Toşkentga qönişga majbur bölgan.

Uzbekistan Airways matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ayni vaqtda Hindistonga parvozlarni amalga oşiriş uçun aylanma yönalişlarni işlab çiqiş masalasi hal etilmoqda.

Aviakompaniya saytidagi reyslar jadvaliga köra, hafta oxirigaça Özbekistondan Hindistonga 2 yönaliş böyiça jami 5ta reys belgilangan: Toşkentdan Dehliga 1 mart, juma kuni (00:05da), 2 mart, şanba kuni (08:05da) va 3 mart, yakşanba kuni (23:00da), Toşkentdan Amritsarga 1 mart juma kuni (00:30da) va 2 mart, şanba kuni (08:05da). Şuningdek, hafta davomida Hindistondan Özbekistonga samolyotlar qaytişi kerak.

Hafta davomida Toşkentdan Pokistonning Lahor şahriga ham ikkita reys belgilangan: 1 mart, juma kuni (00:15da) va 2 mart, şanba kuni (09:20da).

14 fevral kuni Kaşmirda 45 nafar hindistonlik harbiy ölimiga olib kelgan, Pokistonda harakatlanuvçi «Jaişi Muhammad» guruhi tomonidan sodir etilgan teraktdan keyin Pokiston va Hindiston örtasida siyosiy taranglik yuzaga keldi. 

26 fevral kuni Hindiston hukumati «Jaişi Muhammad» terrorçilik taşkilotining Pokiston hududidagi lagerlariga zarba berdi. 

Şu kuni Pokiston tomoni hind harbiy samolyotlari mamlakat havo kengliklarini buzib ötganini tasdiqladi, biroq Hindistonning «yuzlab terrorçilar yöq qilindi» degan bayonotini rad etdi.