28 fevralga ötar keçasi Madridda Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi javob uçraşuvi bölib ötdi.
«Real» – «Barselona» – 0:3 (0:0)
Gollar: Suares, 50 (0:1). Varan, 69 – avtogol (0:2). Suares, 73 – penaltidan (0:3).
«Real»: Navas, Karvaxal, Varan, Serxio Ramos, Regilon, Kroos, Kazemiro (Valverde, 75), Modriç, Vaskes (Beyl, 68), Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 81).
«Barselona»: ter Ştegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Serji Roberto, Buskets (Artur, 86), Rakitiç, Messi, Suares (Vidal, 78), Dembele (Koutinyu, 75).
Ogohlantirişlar: Vaskes, 58. Buskets, 65. Kazemiro, 72. Semedu, 81.
Hakam: Sançes Martines.
27 fevral. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.
Birinçi öyin – 1:1.
Ispaniya Kubogining yarimfinalidagi javob uçraşuviga bu ikki jamoa ikki xil kayfiyatda yetib kelgandi. Fevral oyini muvaffaqiyatli ötkazgan «Barselona» Madridga safar arafasida «Sevilya»ga qarşi yorqin öyin ötkazdi, Messi yubiley 50-het-trigini nişonladi hamda Suares golsiz seriyasini nihoyalaşiga yordam berdi. «Real» esa avvaliga YeÇL nimçorak finalida «Ayaks»ni bahsli vaziyatlardagi gollar bilan mağlub etdi, keyin içki çempionatda autsayder «Jirona»ga öz maydonida yutqazdi, «Levante»ga qarşi safar öyinida penaltidan urilgan gollar evaziga qiyinçilik bilan ğalaba qozondi. Videotakrorlar bilan boğliq mojarolar klubni bosim ostida qoldirgandi.
«Real» oxirgi 4 mavsumda biror marta ham turnirning yarimfinaliga yetib kelmagan, ötgan mavsumlarda faqat «Barselona» kubokni öziniki qilgandi. Birinçi öyindagi 1:1 hisobi tufayli madridliklar kelajakka umid bilan qaraşayotgandi. Statistika ham yaxşilikdan mujda qilayotgandi: «Qirollik klubi» öz tarixida «Barselona»ga qarşi safardagi durang natijalardan keyin 38 holatdan 34tasida keyingi bosqiçga çiqa olgan.
Bu öyin Messi uçun faoliyatidagi 40-klasiko edi, u endi Sançis, Xento, Xavi va Serxio Ramos kampaniyasida.
Argentinalik futbolçi bu öyindan keyin qatorasiga oltinçi marta (rekord) Ispaniya Kubogi finaliga yöl oldi. Javob uçraşuvi yakunlanişiga 10 daqiqa qolganida mahalliy muxlislar tribunalarni tark etayotgan, bu vaqtda Garet Beyl çap oyoğida töpni osmonu falakka yönaltirib, öyinga mantiqiy manzara baxş etayotgandi.
Holbuki öyin intrigasi birinçi bölimda ter Ştegen darvozasi yaqinida ölişi, qarama-qarşilik taqdiri hal bölişi mumkin edi.















