Qozoğistonning Turkiston viloyati issiqxonalar uyuşmasi raisi Mirzahmad Snabayevning sözlariga köra, Çimkent issiqxonalaridan olingan sabzavot mahsulotlari raqobatbardoş emas. Bu haqda Kursiv.kz xabar qilmoqda.

Snabayevning aytişiça, Çimkent bozorlarida pomidor va bodringning yuqori narxi (bir kg uçun 700 dan 850 tengegaça) gaz va elektr energiyasi uçun katta tariflar bilan izohlanadi. Agar, Özbekistonda bir kub gaz 12 tenge, kVt/soat esa - 8 tenge tursa, Turkiston viloyatida bu körsatkiç mos ravişda 36 va 25 tengega teng.

Uning sözlariga köra, ötgan yili issiqxona egalariga gaz uçun subsidiyalar bekor qilindi. Bir kub metr gaz uçun 36 tengelik tarif darhol sabzavotlar narxiga ta'sir körsatdi.

Bundan taşqari, janub mahsulotlarining raqobatga bardoş bera olmayotgani yuqori bojxona bojlariga ham aloqador - Özbekistonga eksport qilinadigan mahsulotlarning umumiy qiymatidan 12%.

Şu tariqa, Turkiston viloyati issiqxonalarida yetiştirilgan 1 kg bodring va pomidor tannarxi 140 tengedan 150 tengegaça bölib turibdi, Özbekistonda esa - 70 tengedan 75 tengegaça.