Aziz mirişkor dehqonlar va tomorqa yer egalari!
Yurtimizning barça hududida mehnatidan baraka topayotgan tajribali dehqonlar köpçilikni taşkil etadi. Tomorqa har bir oilaning bamisoli xazina manbai, mö'jaz göşasi. Ayni vaqtda mamlakatimizda 4,5 milliondan ortiq dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalari 445 ming gektardan ziyod ekin maydonida mehnat qilmoqda.
Serhosil yerimiz, daromad olişga tomorqamiz bor ekan, doimo undan unumli foydalaniş, xonadonlarimizni obod, yaşaş şaroitimizni namunali tarzga keltiriş payida bölaylik. Bu kabi tartib-taomil asosida ulğaygan farzandlarimiz ham yaxşi yaşaşga intilib, öz kelajagi uçun astoydil harakat qiladi.
Dehqonçilikda bahorning bir kuni yilga tatiydi.
Bugungi kunda dehqonlarimiz va tomorqa yer egalarining oldida turgan birinçi galdagi vazifa öz hovlisi, tomorqalarini tartibga keltiriş, yerga uruğ qadaşga tayyorgarlik körişdir. Buning uçun hovli, tomorqalardagi ekin ekiladigan maydonlarning ariqlari xas-haşaklardan tozalanişi, mevali daraxtlarning taglari yumşatilişi, turli zararkunandalardan himoya qiliş maqsadida ularning tanasi oqlanişi kerak. Zero, obod mahalla obod xonadonlardan taşkil topadi.
Ikkinçidan, har bir tomorqa egasi tezda yerni ekişga tayyorlaşi, kuzda şudgorlanmay qolgan yer bölsa, ağdarib, tekislab, mahalliy öğitga boyitib, ertangi sabzavot ekinlari, kartoşka, poliz ekinlari uruğini qadaşga taxt qilib qöyişi, plyonka ostiga ekiladigan ekinlarni esa keçiktirmasdan ekişi zarur.
Uçinçidan, har bir xonadon egasi bir oy davomida tomorqasining har bir sotixi hisobida örtaça 1 tupdan, bir tomorqada örtaça 10 tup hududga mos bölgan serdaromad va hosildor mevali daraxt köçatlarini ekiş tavsiya etiladi.
Törtinçidan, har bir dehqon tomorqa qöşimça daromad manbai ekanini doimo yodda saqlagan holda, mavjud ekin maydonlaridan uç martagaça hosil oliş uçun astoydil harakat qilişi, bu yerda har bir xonadonda 1-2 sotixli ixçam issiqxona quriş orqali ilğor dehqonlar tajriba maktabini özlaştirişi zarur.
Beşinçidan, har bir xonadon egasining imkoniyati va layoqatiga qarab, 100 ta tovuq, 20 ta kurka, 10 ta qöy yoki eçki, 2-3 quti asalari uyasi, tuyaquş va boşqa çorva mollarini boqiş ham oila daromadini köpaytirişga xizmat qiladi.












