Mobile World Congress 2019 körgazmasida Huawei kompaniyasi qişloq joylariga möljallangan tarmoqlar uçun RuralStar Lite innovatsion yeçimini taqdim etdi. Uşbu yeçim aholisi 500 nafardan 1000 nafargaça yetadigan qişloq hududlarda ovozli va mobil keng polosali aloqa (MVV) xizmatlarini samarali tarzda yetkazib beriş uçun möljallangan bölib, şu bilan birga, operatorlarga investitsiyalarni qoplaş (ROI) muddatini uç yilgaça qisqartiradi. Yangiça RuralStar Lite yeçimi RuralStar qişloq tarmoği uçun Huawei yeçimining takomillaştirilgan körinişidir. Bu butun dunyoni raqamli qamrovni tarğib qiliş böyiça Huawei kompaniyasining doimiy sa'y-harakatlariga misol böla oladi.

Mobil aloqa operatorlari assotsiatsiyasi tadqiqotlari (GSMA) şuni körsatadiki, dunyoda 700 milliondan ortiq kişi mobil aloqa tarmoğidan foydalaniş imkoniga ega emas, ularning aksariyati esa qişloq joylarda istiqomat qiluvçilardir.
Huawei kompaniyasi tarmoqqa ulanmagan qişloq hududlarni mobil aloqa bilan ta'minlaş uçun RuralStar yeçimini yölga qöydi. Uşbu yeçim butun dunyo böylab 90 dan ortiq tarmoqlarni qamrab oladi va yuz millionlab odamlarning mobil aloqadan foydalanişini ta'minlaş uçun xizmat qiladi.
Muhim ahamiyat kasb etuvçi uçta innovatsiyalar bilan RuralStar yeçimi ma'lumotlarni uzatiş qiyin bölgan, infratuzilma katta xarajatlarni talab qiluvçi, energiya ta'minoti barqaror bölmagan va tarmoqni kengaytiriş köp vaqt oladigan qişloq hududlarda tarmoqlarni rivojlantirişning bir qator muammolarini hal qila oladi. Operatorlar uçun 100 tadan ortiq aholini qoplaşda qişloq tarmoğini rivojlantirişga ketadigan investitsiyalarni qoplaş muddati 3 yilni taşkil etişi mumkin. Aholisi 500 tadan 1000 tagaça bölgan tarmoqqa ulanmagan qişloqlar bilan aloqani kengaytiriş uçun Huawei kompaniyasi bir neçta boğlanişlar va unça katta bölmagan qoplaş hududlariga mahalliy xizmat körsatişi mumkin bölgan RuralStar Lite yeçimini yölga qöydi.
RuralStar Lite yeçimining energiya iste'moli bor-yöği 200 Vtni taşkil etadi. Törtta quyoş batareyalari bilan jihozlangan uşbu yeçim elektr ta'minotini ança osonlaştiradi va bu 6 metrdan 9 metrgaça balandlikda bölgan tayançlarda asos sterjenlar va tösiqlarni örnatiş zaruriyatisiz barça mos uskunalarni örnatişga imkon beradi. Uşbu afzalliklar hisobga olinganda, loyihani amalga oşiriş qiymati sezilarli ravişda kamayadi.
RuralStar Lite Zambiyada muvaffaqiyatli ravişda amalga oşirilgan. Tarmoqni rivojlantiriş şuni körsatdiki, RuralStar Lite yeçimini ovozli aloqa va ma'lumotlarni uzatiş xizmatlarini 500-1000 aholi istiqomat qiluvçi radiusi 1 dan 2 km.gaça bölgan qişloqlarda qöllaş mumkin. Bundan taşqari, operatorlar uçun investitsiyalarni qoplaş muddati 3 yildan kamroq bölişi kutilmoqda.











