“Özavtosanoat” AJ 27 fevral kuni Namangan viloyatining Norin tumanida velosiped işlab çiqariş korxonasini işga tuşirdi. 

Mazkur korxonani taşkil etiş böyiça Kelişuv “Özavtosanoat” AJ va “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi tomonidan imzolangan. “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi işlab çiqariş uçun butlovçi qismlarni yetkazib beriş bilan şuğullanadi. 

Foto: Özavtosanoat

Eslatib ötamiz, 2018 yilning avgustida prezident Şavkat Mirziyoyev velosiped işlab çiqarişni köpaytirib, yöl böylarida veloyölakçalar taşkil etib, velosipedda yurişni ommalaştiriş zarurligini ta'kidlagan edi. 

Foto: Özavtosanoat

Korxonada dastlab işlab çiqariş hajmi yiliga 150 mingni taşkil qiladi. Bosqiçma-bosqiç mazkur körsatkiç oşib borişi rejalaştirilgan.

Foto: Özavtosanoat

Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasining 2019 yilgi Investitsion dasturiga kiritilgan bölib, uning doirasida mamlakatga 200 ming AQŞ dollar investitsiya jalb qilinişi közda tutilgan.

Kelgusida “Norin Moto Bike” MÇJ korxonada mototsikllar, trisikllar, skuterlar va mopedlar işlab çiqariş yölga qöyiladi. 

«Norin Moto Bike» zavodi xodimlari işlab çiqarişni yölga qöyişdan oldin Xitoyda tajriba ötab qaytgan. Yangi zavod hozirda 150 dan ortiq mahalliy aholini işga joylaştiriş imkonini beradi, kelgusida iş örinlarini 500 taga yetkaziş rejalaştirilgan.