Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasining ijro qömitasi byurosi milliy terma jamoaning sobiq boş murabbiyi Samvel Babayanni futboldan umrbod çetlatilişi haqidagi qarorini bekor qilgan. Bu haqda mutaxassisning özi Kun.uz muxbiriga gapirib berdi.

Babayanning çetlatilişi haqidagi qaror 2018 yil 15 yanvar kuni qabul qilingan va ÖFA uni «Paxtakor» klubi futbolçilarining şartnomasi bilan boğliq qallobliklarni amalga oşirganlikda, şuningdek, milliy terma jamoadan öz manfaatlari yölida foydalanganlikda» ayblagan edi.

Babayanning sözlariga köra, Federatsiya ijro qömitasi bu qarorni 2 hafta ötgaç, 1 fevral kuni bekor qilgan va buni «milliy terma jamoada boş murabbiy bölib işlaganida namoyon qilgan vatanparvarligi uçun» degan sözlar bilan izohlagan.

«Men diskvalifikatsiya qilinganimdan söng 2 hafta ötgaç, bu qaror bekor qilindi. Nega diskvalifikatsiya qilinganimni tuşunmadim. Bu vaqtda men Moskvaning «Spartak» klubida malaka oşirayotgandim. Diskvalifikatsiya ham va uning bekor qilinişi haqidagi qaror ham mening iştirokimsiz qabul qilindi», – dedi Babayan.

Qayd qiliş joizki, ÖFA ijro qömitasining diskvalifikatsiya bekor qilingani haqidagi qarori Babayanning qölida bor va u Kun.uz muxbiriga taqdim qilindi. Unda «milliy terma jamoada boş murabbiy bölib işlaganida namoyon qilgan vatanparvarligi uçun» degan sözlar bor.

ÖFA nega bu qarorni rasman e'lon qilmadi degan savolga Babayan: «buni oşkor qilmaslikni iltimos etişdi», deb javob berdi.

Avvalroq, ÖFA Samvel Babayanning diskvalifikatsiyasi bilan boğliq vaziyat böyiça bayonot berib, «Bunyodkor» futbol klubi unga şaxsiy kafil böliş taşabbusini bildirgaç, uning ustidan oçilgan iş 2018 yilning 1 fevral kuni yopilgani va diskvalifikatsiyasi bekor qilinganini ma'lum qildi.    

Biroq ÖFA ötgan bir yil davomida Samvel Babayandan diskvalifikatsiya olib taşlangani haqidagi qarorni nega e'lon qilmagani haqida heç qanday ma'lumot bermadi.