Endilikda quriliş sohasida nazorat qiliş va yöl-quriliş işlarining sifati ustidan nazorat qiliş inspeksiyalarining körsatmalarini bajarişdan böyin tovlaş yoki öz vaqtida bajarmaslik ma'muriy jarima solişga sabab böladi. Bu haqda Senatning XVIII-yalpi majlisida ma'ruza qilgan senator Islomiddin Abrorov gapirib ötdi.
«Sönggi yillarda respublikamiz şahar va qişloqlari, aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini şakllantiriş hamda yangilaş borasida kompleks çora-tadbirlar amalga oşirildi. Şu bilan birga, şaharsozlik faoliyatida muayyan kamçiliklar, jumladan sohadagi belgilangan me'yorlarga rioya etmaslik holatlari mavjudligi aniqlandi», - deydi senator.
Abrorovning ta'kidlaşiça, bunday huquqbuzarliklar fuqarolar hamda yuridik şaxslar tomonidan sodir etilayotgani, amalda javobgarlik masalasi körsatilmagani quriliş tizimini zamonaviy talablarga moslaştirişga yönaltirilgan çoralar bilan bir qatorda jazolaş mexanizmini joriy qilişni ham taqozo etmoqda.
Şu tufayli, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritgan holda, quriliş sohasida nazorat qiliş va yöl-quriliş işlarining sifati ustidan nazorat qiliş inspeksiyalarining körsatmalarini bajarişdan böyin tovlaş yoki öz vaqtida bajarmaslik uçun ma'muriy jazoni joriy etiş nazarda tutilmoqda.












