Uzbekistan Airways’ning Bangkokdan Toşkentga uçişi kerak bölgan reysi ham keçikmoqda

Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasining Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdan Singapur orqali Toşkentga HY-552 sonli reysi bilan uçişi kerak bölgan samolyoti Singapurning «Çangi» aeroportida uşlanib turilgani haqida xabar bergan edik.

Muştariylarimiz Tailand poytaxti Bangkok şahridagi «Suvarnabhumi» xalqaro aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da (Toşkent vaqti bilan 21:00) HY-534 reysi bilan uçişi lozim bölgan samolyot ham Pokiston – Hindiston mojarolari tufayli yangi parvoz yönalişi oçilişini kutib turibdi.

Şuningdek, çorşanba kunlari Hindistonning Mumbay şahrining Çhatrapati Şivaji xalqaro aeroportidan Toşkentga mahalliy vaqt bilan 14:55 da uçişi kerak bölgan HY-428 reysi, Hindiston poytaxti Dehli şahrining Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportidan Toşkentga mahalliy vaqt bilan 12:45 da uçişi kerak bölgan HY-422 reyslari ham uşlanib turibdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, aviakompaniyaning Singapur, Bangkok, Dehli va Mumbaydan Toşkentga uçişi kerak bölgan samolyotlari Pokiston va Hindiston çegarasidagi keskinlik sababli Toşkent vaqti bilan 00:30 dan boşlab parvoz qiladi. Yönaliş özgargani tufayli parvoz davomiyligi odatdagidan köproq bölişi mumkin.