Volvo kompaniyasiga tegişli Polestar kompaniyasi özining ilk tölaqonli elektr avtomobili Polestar 2’ni taqdim qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Foto: Polestar
Foto: Polestar

Polestar 2 pol ostida joylaşgan 78 kVt⋅soatlik akkumulyatori evaziga qayta quvvatlanişsiz 443 kmga yaqin yöl yura oladi.

Taqqoslaş uçun, Tesla kompaniyasi Model 3’ning 3 ta varianti taklif qilmoqda: 34 ming dollarlik, bir quvvatlanişda 418 km yöl yura oluvçi hamda 41 ming dollarlik (500 km) va 52 ming dollarlik.

Foto: Polestar

Polestar 2 elektrokari 408 ot kuçiga ega kuç qurilmasi evaziga 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt içida erişa oladi.

Foto: Polestar

Volvo maşinani Xitoyda işlab çiqaradi va 2020 yilda savdoga çiqaradi. Birinçi yil maşinaning 63 ming dollarlik Polestar 2 Launch versiyasi sotiladi. Uni Xitoy, AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Norvegiya va boşqa davlatlarda xarid qiliş mumkin böladi.

Avtomobil Android platformasi bilan jihozlangan bölib, uning egalari Google Maps, Play Music yoki Google Assistant dasturlariga smartfonsiz ulana olişadi.

Foto: Polestar
Foto: Polestar