2018 yilda dunyo milliarderlari röyxatidan 430 nafar kişi çiqib ketdi, bu qiymatdan deyarli yarmi (213 nafari) Xitoyga töğri kelgan. Bu haqda Xitoyning Hurun tadqiqot kompaniyasi hisobotida aytilgan. Bunga asosiy sabab sifatida Xitoy fond birjalarida kotirovkalar va yuan kursi pasayişi keltirilgan.

Şu sabablarga köra, Xitoyda va Honkongda milliarderlar soni mos ravişda 148 va 17 nafarga kamaygan, Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, Katta Xitoyda (Tayvan va Hongkong bilan birga) 2019 yil yanvar oxirida 658 milliarder bölgan. Ularning soni AQŞdagidan (584 nafar) 74 nafarga köproqni taşkil qilmoqda. AQŞda esa aksinça bir yil içida milliarderlar soni 13 nafarga köpaydi. Pekindagi milliarderlar soni 28 nafarga qisqarganiga qaramay, u dunyoning milliarderlar poytaxti bölib qolmoqda. Ayni vaqtda Pekinda 103 milliarder, Nyu-Yorkda esa 92 milliarder yaşaydi.

Hisobotda ta'kidlanişiça, aholisi dunyo aholisining 20 foizini taşkil qiluvçi Xitoyga barça milliarderlarning 27 foizi töğri keladi. Xitoy fond birjasida vaziyat yaxşilansa, ularning soni keskin oşişi mumkin.

Hisobot mualliflari xitoy millatiga mansub bölgan milliarderlar umumiy soniga alohida e'tibor qaratişgan. Hisob-kitoblarga köra, yanvar oxirida ularning soni dunyo böyiça 716 nafarni taşkil qilgan. 

Katta Xitoy taşqarisida xitoy millatiga mansub milliarderlar eng köp Singapurda (21 nafar) va AQŞda (12) yaşaydi. 

Umuman olganda, hozirda dunyodagi milliarderlar soni 2470 kişini taşkil qilmoqda.