27 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligida Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari O. Umarov kompaniyaning IT sanoati hamda zamonaviy internet servislar va yeçimlar işlanmalari sohasidagi köp yillik iş tajribasini alohida e'tirof etdi.
«Yandeks» kompaniyasi vakillari kelgusida ham özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uçraşuv doirasida Özbekiston bozorida «Yandeks»ning internet servislarini mahalliylaştiriş, servislardan yaxşiroq foydalaniş uçun CDN-serverlarni joylaştiriş yönalişlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Ta'lim va malaka oşiriş sohasidagi hamkorlik, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti va Toşkent şahridagi Inha universiteti bilan IT sohasidagi ta'lim dasturlarini yaratiş böyiça hamkorlik masalalari alohida körib çiqildi.
Muzokaralar natijalariga köra, 2019-2020 yillarda hamkorlikni jadallaştiriş yuzasidan «Yöl xaritasi»ni yaqin vaqt içida birgalikda işlab çiqiş kelişib olindi.

















