Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toşkent şahrida joylaşgan Gematologiya va qon quyiş ilmiy-tekşiriş institutidagi kömakka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqonga çalingan bemorlarning şifokori va yaqin qarindoşlari bilan boğlandik. Ularning holidan xabar oliş va şaroitini örganiş maqsadida kasalxonaga taşrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlaşdik.
Video: Mover (tas-ix)
https://mover.uz/video/embed/zcXSFzAm/
Video: Youtube
Birinçi bemorimiz Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvçi 16 yoşli Ismatillo Abdupattayev. Oqqon taşxisi bilan xastalangan Ismatillo hozirda 4-bosqiç muolajalarini olmoqda. Dorilarning qimmatligi tufayli oila ança qiynalib qolgan. Davolanişni davom ettiriş uçun Ismatilloga yordam kerak. U yaxşilar kömagiga muhtoj.

+99891 492 35 15 – Böriboyeva Mahbuba (onasi)
Böriboyev Ibrohimjon (otasi) nomiga oçilgan plastik kartoçka:
Click/PayMe: 8600 0423 8436 9178
MFO: 00040
INN: 200269284
Naqd pul topşirganda: 23116000800000040001
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul ötkazganda: 23118000400000040500
Boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan mablağlar tranziti: 23120000200000040001
Keyingi bemorimiz Muhammadaliyev Hasanjon. U 2016 yil Namangan viloyati Namangan tumanida tuğilgan. Oqqon xastaligiga çalingan Hasanjon hozirda 3-bosqiç dorilarini kunduzgi bölimda olyapti. Onasi Gulnoza Sobirovaning ta'kidlaşiça, dorilarni yetkaza olmayapti, qöni-qöşnilardan qarz bölib qolgan. Turmuş örtoği ham tayinli işda işlamaydi. Hozirda 3 yoşli Hasanjon yaxşilar yordamiga muhtoj. Hasanjonning oilasi saxovatpeşa insonlar uçun doim duoda.

















