Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegram kanali 2019 yil 1 martdan qonunçilikda nimalar özgarişi haqida ma'lumot berdi.
1. Tadbirkorlik, biznes sohasida
Bugundan boşlab jismoniy şaxslar ham qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş faoliyati bilan şuğullanişi mumkin.
Buning uçun litsenziya oliş va ölçamlari 1 gektardan ortiq bölmagan soçma oltin konlaridan foydalaniş huquqini elektron auksion orqali sotib oliş lozim.
2019 yil 1 martdan:
tadbirkorlarni davlat röyxatidan ötkazişda bank hisob raqamlarini masofadan turib oçişga ruxsat beriladi;
iste'molçilarni elektr ta'minotidan ruxsatsiz uzganlik uçun iqtisodiy sanksiyalar qöllaniladi;
köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş va kadastr hisobini yuritiş uçun ariza eksterritoriallik prinsipi asosida (istalgan joydan) berilişi mumkin;
davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan tadbirkorlarning hujjatlarga muhr bosilişini talab qilişi taqiqlanadi.
2. Ijtimoiy soha, tölovlar
“Mehribonlik” uylari va bolalar şaharçalarining rahbarlari va tarbiyaçilari, xalq ta'limi muassasalari tarbiyaçilarining bazaviy tarif stavkasi bugundan 1,5 barobarga oşirilib, umumta'lim maktablari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilanadi.
Bundan taşqari bugundan boşlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uçun tölanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oşirilib, 820 000 sömni taşkil qiladi, keyinçalik inflatsiya hajmidan kam bölmagan miqdorda oşirib boriladi.
Bugundan boşlab bolalikdan nogironligi bölgan farzandi bor onalarga, ular pensiya yoşiga tölgandan söng, agar ularda pensiya tayinlaş uçun zarur staj mavjud bölmasa, ijtimoiy nafaqa tölaş böyiça tartib kuçga kirdi.
Davlat xizmatlari, axborot texnologiyalari
Fuqarolar bugundan oylik iş haqlari haqidagi ma'lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olişi mumkin.












