Apple kompaniyasi 29 mart kuni AirPods 2 quloqçinlari sotuvini boşlaydi. Bu haqda Ispaniyaning Applesfera naşri xabar qilmoqda.
Naşrning taxminiça, Apple 25 mart, duşanba kuni AirPods 2 va boşqa yangi mahsulotlar taqdimotini ötkazadi, şundan söng qurilma dökonlarda paydo böladi. Xususan, naşr AirPods birinçi versiyasining «hayot davri» 28 mart kuni nihoyasiga yetişi, keyin ularni sotiş töxtatilişi haqida körsatilgan, yetkazib beruvçilardan birining ma'lumotlariga tayangan.
Yangi AirPods’ning xususiyatlaridan biriga simsiz quvvatlantirişning qöllab-quvvatlanişi aylanişi kerak, u 2017 yil sentyabrida e'lon qilingan. Öşanda AirPower simsiz quvvatlantiriş qurilmasi körsatildi, ammo 2018 yil oxiriga kelib, Apple uşbu gadjet haqidagi barça ma'lumotni saytdan olib taşladi. Kutilişiça, mart oyida kompaniya taqdimot ötkazadi, unda yangi iPad mini namoyiş etiladi va AirPower haqida qayta e'lon qilinadi.
AirPods simsiz quloqçinlarning birinçi versiyasi 2016 yil sentabr oyida taqdim etilgan, ular öşa yilning dekabr oyida sotuvga çiqarildi. Quloqçinlar bir vaqtning özida gadjetni quvvatlantiriş uçun xizmat qiladigan keys bilan birga yetkazib beriladi. Ular beş soatgaça bir quvvatda işlaş imkoniyatiga ega. Şu bilan birga, keys yana 19 soat quloqçinlar işini ta'minlab bera oladi.

















