AQŞning Indiana ştatida FQB xodimlari 2015 yilda vafot etgan kolleksioner Don Millerning uyidan 2 mingta inson suyagini aniqlaşdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

Mutaxassislar topilgan suyaklarning kelib çiqişini aniqlaşgan: suyaklardan aksariyati amerikalik hindular, jumladan arikara qabilasi vakillariga tegişli bölgan.

“Kolleksiyaning taxminan yarmi amerikalik hindular merosi bölgan, qolgan qismi dunyoning turli burçaklaridan yiğilgan”, deb aytgan FQBning san'at sohasidagi jinoyatlar bölimi boşliği Tim Karpenter.

2014 yilda Millerning kolleksiyasidan 42 mingta qadimiy buyum, jumladan Kolumbgaça Amerika sopol idişlari, italyan mozaikasi, Xitoyning qadimiy buyumlari va zeb-ziynatlari musodara qilingan. FQB ma'lumotlariga köra, kolleksioner köplab eksponatlarni noqonuniy yöl bilan qölga kiritgan.

Millerdan musodara qilingan barça buyumlar Kambodja, Kanada, Kolumbiya va Meksikaga qaytarilgan.