Özboşimçalik bilan imorat qurgan şaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu şaxs qurgan imoratini tasarruf etişga — sotişga, hadya etişga, ijaraga berişga, imoratga nisbatan boşqa bitimlar tuzişga haqli emas, deb hisoblaydi senator Tojibar Yöldoşeva.
28 fevral kuni iş boşlagan Senat yalpi majlisida yer töğrisidagi qonun hujjatlari buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi masalalari körib çiqildi.
Yiğilişda fikr bildirgan senator Tojibar Yöldoşevaning aytişiça, özboşimçalik bilan imorat quriş natijasida huquqlari buzilgan şaxsning yoki tegişli davlat organining da'vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan şaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib taşlanişi lozim.
«Imorat qurilgan yer uçastkasining mulkdori bölgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan şaxsning özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e'tirof etilişi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e'tirof etilgan şaxs imorat qurgan şaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi», – deydi u.
Şunga qaramay, özboşimçalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinişi boşqa şaxslarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlari buzilişiga sabab bölsa, yoxud fuqarolarning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirsa, özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e'tirof etilişi mumkin emas.
2018 yil yakuni böyiça e'lon qilingan ma'lumotga köra, özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça ötkazilayotgan bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ötkazilgan xatlov natijasida respublika böyiça jami 1 mln.ga yaqin özboşimçalik bilan qurilgan turar joylar aniqlangan.
Davlat xizmatlari markazlari ma'lumotiga köra, uşbu aksiya boşlangandan buyon markazga 38 mingga yaqin murojaat kelib tuşdi. Bu esa xatlov natijasida aniqlangan imoratlarning atigi 3,8 foizini taşkil qilmoqda.
Eslatib ötamizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi farmoniga muvofiq, fuqarolarga özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini amal qiliş muddati 2019 yilning 1 mayiga qadar etib belgilangan.











