Xitoylik harbiylar magnitlangan plazmada işlovçi artilleriya qurilmasi sinovini ötkazişmoqda. Qurol 6 Maxdan kattaroq tezlikda gipertez snaryadlar ota oladi. Bu esa tovuş tezligidan 6 marta köproq deganidir. Bu haqda Xitoy OAV xabar berdi.
Bunday kuç va ta'sir doirasiga ega qurol, ehtimol, jang maydonida katta ustunlikka aylanadi. Xitoy Qurolli kuçlari akademiyasi mutaxassislari yangi avloddagi qurol uçun patent olişga 4 yil avval ariza berişgan.
Patentda ta'kidlanişiça, magnitlangan plazma nazariy jihatdan armiyaning artilleriya kuçini oşirişi mumkin. Texnik hujjatlarga köra, öq otilganda stvol içidagi harorat va bosim miqdori gazning bir qismini ionizatsiya qilib, uni plazmaga aylantiradi va stvolning içki yuzasi böylab himoyalovçi plazma qobiğini hosil qiladi.
Snaryadning otilgandagi tezligi 6 Maxni taşkil qiladi. Işlab çiquvçilarning aytişiça, plazma işqalanişni kamaytirib, artilleriya qurolining kuçi va ta'sir doirasi uzoqligini kengaytiradi. Eng asosiysi, bunda zambarakning butligi xavf ostiga qöyilmaydi va uning xizmat qiliş muddatini uzaytiradi.
Xitoyda «magnitlangan plazma» takomillaştirişlardan keyin tank yoki öziyurar qurollarga oson örnatilişi mumkin. Bu texnologiya 115 mm.li öziyurar gaubitsaning ta'sir qiliş doirasini 30-50 kmdan 100 kmgaça yetkazişi mumkin. Bu esa raqibning strategik hududlaridagi mudofaasini oson barbod qilişda yordam beradi.












