Tuman (şahar) xalq deputatlari Kengaşlari tomonidan davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun musodara etilişi lozim bölgan hududlarni kiritiş böyiça qarori mahalliy (markaziy) matbuotda majburiy tarzda çop etiş taklif etilmoqda. Inson huquqlari böyiça vakil — Ombudsman Uluğbek Muhammadiyev aynan şunday taşabbusni ilgari surmoqda.

1 mart kuni Senatda 2018 yilgi faoliyati yuzasidan hisobot bergan Ombudsman, şuningdek, xususiy mulkni davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun undirişdagi huquqbuzarliklar uçun mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor şaxslari javobgarligini kuçaytiriş masalasini körib çiqişni taklif etdi.
Muhammadiyevning aytişiça, mahalliy davlat hokimiyat organlari mulk egalari bilan öz vaqtida va töliq hisob-kitobni amalga oşirişi yoki olib qöyilayotgan mulkning qiymatiga teng uy-joy berişi kerak.
«Mehmonxonalar, savdo obektlari, madaniy-köngiloçar majmualar quriş maqsadida, keyinçalik investorlarga beriş uçun davlat tomonidan, xususiy mulkni musodara etişda uy-joy egalari bölgan fuqarolar huquqlarini ta'minlaşning ta'sirçan çoralarini işlab çiqiş va joriy etiş kerak», — deydi u.
Avvalroq, mahalliy hokimiyat organlari xususiy mulkni davlat ehtiyojlari uçun qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga rioya qilmagan holda undirişi köpaygani ma'lum qilingandi.
Ombudsmanning ta'kidlaşiça, 2018 yilda şunga öxşaş şikoyatlar soni 1,9 baravar oşgani qayd etildi.
















