Hindistonning Rossiyadagi elçisi Bala Venkateş Varma sözlariga köra, Hindiston Pokistonning inqirozni hal qilişga vositaçilarni jalb etiş töğrisidagi taklifini qabul qilişni xohlamaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, hozirça heç bir mamlakat Hindiston hamda Pokiston örtasidagi mojaroni hal qilişda vositaçilik qiliş taklifi bilan çiqmadi.

«Men şuni ta'kidlab ötmoqçimanki, vositaçilik töğrisida rasmiy taklifni olganimiz yöq. Agar, bu hattoki röy beradigan bölsa ham, biz uni qabul qilmaymiz», - deya qöşimça qilib ötdi Varma.

Uning qayd etişiça, terrorçilik guruhlariga qarşi jiddiy çoralar köriş zarurdir. Elçining fikriga köra, buning uçun Pokiston muloqot qilişga qadam qöyişi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindiston va Pokiston örtasidagi yangi otişma oqibatida tört kişi halok bölgandi.