Italiya A Seriyasi 26-turining dastlabki öyinida «Kalyari» «Inter»ni qabul qilib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
31-daqiqada Ivan Perişiçning avtogoli bilan hisob oçildi. Ammo köp ötmay «Inter» hujumçisi Lautaro Martines şerigining xatosini önglab, muvozanatni tikladi. Birinçi bölim oxirida mezbonlar hujumçisi Leonardo Pavoletti jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi va uning goli öyinda oxirgisi bölib qoldi.
Bu «neradzurri» uçun A Seriyaning bu mavsumidagi 7-mağlubiyat böldi. Natijada 4-örindagi «Milan» bilan oradagi farq 2 oçkoga qisqardi: «rossoneri» bugun öz maydonida «Sassuolo»ni mağlub etsa, yuqori uçlik tarkibi uzoq oylardan söng özgarişga uçraydi.
Ma'lumot uçun, «Inter» ötgan mavsumni 6ta mağlubiyat bilan yakunlagandi. Klub keyingi turni 10 mart kuni öz uyida SPALga qarşi ötkazadi. Keçagi ğalabadan keyin jadvaldagi örni (14-örin) özgarmay qolgan «Kalyari» öşa kuni «Bolonya» maydoniga safar qiladi.
Italiya çempionati
26-tur, 1 mart
Kalyari – Inter 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 31, avtogol Perişiç, 1:1 – 38 Martines, 2:1 – 43 Pavoletti.
Inter – Xandanoviç, D`Ambrozio, de Vrey, Şkrinyar, Asamoa (Kandreva, 83), Vesino (Valero, 68), Brozoviç (Ranokkiya, 87), Politano, Nainggolan, Perişiç, Martines.
2 mart
19:00. Empoli – Parma
22:00. Milan – Sassuolo
00:30. Latsio – Roma
16:30. Torino – Kevo
19:00. SPAL – Sampdoriya
19:00. Jyenoa – Frozinone
19:00. Udineze – Bolonya
3 mart
16:30. Torino – Kevo
00:30. Napoli – Yuventus












