Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralardan keyin Vetnam prezidenti Nguyen Fu Çong bilan uçraşdi. 

Kim Çen In hamkasbiga AQŞ-Şimoliy Koreya sammitini taşkillaştirişdagi yordami va iliq qabul uçun minnatdorlik bildirgan hamda Şimoliy Koreya va Vetnam uzoq yillardan beri döstona aloqalarda ekanini eslab ötgan.

“Vetnamda çegaradan boşlab meni iliq kutib olişgani va bunday qizğin qabul qilişgani Vetnam xalqining samimiy qalbini his qilişga imkon beradi”, deb aytgan Kim Çen In.  

Öz navbatida Vetnam prezidenti Kim Çen Inning taşrifini bir qator mintaqaviy masalalar böyiça fikr almaşiş uçun yaxşi imkoniyat deb atagan.