Bundesliganing 24-turida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi Myunxenning «Bavariya»sini qabul qildi. Myonxengladbaxdagi «Borussiya-Park» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 5:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

«Bavariya» tarkibida gollarga Tomas Myuller, Serj Gnabri, Xavi Martines va Robert Levandovski (dubl) mualliflik qilişdi, maydon egalari safida Lars Ştindl bitta javob goli urdi.

Opta ma'lumotiga köra, Germaniyaning amaldagi çempionlari Bundesligadagi gollari sonini 4000taga yetkazgan va bu Bundesliga rekordi hisoblanadi.

Myunxenliklar Germaniya çempionatidagi ğalabali seriyasini davom ettirib (ketma-ket 4 ğalaba), oçkolari sonini 54taga yetkazdi va turnir jadvalida bu turda «Augsburg»ga yutqazib qöygan  Dortmundning «Borussiya» klubi bilan tenglaşib oldi. Keyingi 4 öyinda uçinçi marta mağlub bölgan myonxengladbaxliklar klubi esa törtinçi öringa tuşib ketdi (43 oçko).

Germaniya çempionati
24-tur
Borussiya M – Bavariya 1:5 (1:2, 0:3)
Gollar: 0:1 – 2 Martines, 0:2 – 11 Myuller, 1:2 – 37 Ştindl, 1:3 – 47 Levandovski, 1:4 – 75 Gnabri, 1:5 – 90, penalti Levandovski.
Borussiya M – Zommer, Lang (Djonson, 76), Ginter, Elvedi, Vendt, Noyxaus (Zakariya, 65), Kramer, Xofmann (Raffael, 72), Azar, Ştindl, Plea.
Bavariya – Noyyer, Kimmix, Zyule, Boateng, Rafinya, Martines, Alkantara, Myuller (Çjon Vu Yen, 86), Xames (Sanşeş, 80), Gnabri (Devis, 83), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Xofmann (9), Boateng (51), Alkantara (57), Kramer (70).

Nyurnberg – RB Leypsig 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 40 Klostermann.
Nyurnberg – Mateniya, Valentini, Myul, Everton, Lyaybold, Kubo (Knell, 81), Leven, Erras, Berens, Kerk (Misidyan, 66), Isxak.
RB Leypsig – Gulaçi, Klostermann, Konate, Orban, Xalstenberg, Adams, Kampl (Mukiyele, 90), Zabitser (Bruma, 90), Laymer, Poulsen, Mateus Kunya (Ilzanker, 86).
Ogohlantirişlar: Lyaybold (36), Zabitser (51), Berens (57), Konate (58), Kampl (70).

Şalke – Fortuna 0:4 (0:1, 0:3)