Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkentda propiska qilish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Foto: KUN.UZ
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruxsat olish uchun arizaga ilova qilinadigan uy-joy mulkdorining turar joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi o‘zi borib berilganda notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Shuningdek, Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun ariza berganlarida arizaga ilova qilinadigan uy-joy hujjatlari notarial tasdiqlanishi talab qilinmaydi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda uch sutka mobaynida arizachi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart.
Quyidagilar bundan mustasno:
turar joy sotib olinganda;
yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud bo‘lganda;
vasiylar (homiylar) mavjud bo‘lganda;
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganda, ta'lim muassasalarida o‘qiganda;
davolash muassasalarida davolanayotganda.
Mavzuga oid
15:58
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
19:00 / 16.04.2026