“Ispaniya klasikosi tugadi”, deb yozyapti köpgina naşrlar. Ha, kimlar uçundir tugagan bölsa, ajab emas. Dunyo ahli uçun ma'qul keladigan klasiko tugagandir balki. “Real” tarkibida afsonaga aylangan Ronaldu yöq, şu bois ön yildan buyon davom etib kelayotgan supertöqnaşuvga yakun yasalgandek manzara. Kimga kerak bunaqa qahramonlarsiz jang, deyişmoqda. Qöşilaman, ammo...

Gvardiolaga qarşi moslangan Maur ham yöq, juda bölmasa janjal kötarib hammaning e'tiborini öziga tortadigan. Madrid darvozasi oldida uyuştirilgan hujum borki, “Barsa”ning gollari bilan tugamoqda. La-liga jadvalida ham oçkolar farqi 12tagaça oşib ketdi. Şu ham klasikomi? Ha, zohiran şunaqa. Biroq, uç kun içida ötkazilgan ikki uçraşuv masalaning boşqa tomonlarini oçib bermoqda. Hozir şu haqda yozmoqçiman.

San'atda azaliy savol bor: “spektakl, film, badiiy asar, ayniqsa, tasviriy san'at asari xalqbop bölişi kerakmi yo muxlislar saviyasidan yuqorimi?” degan. Bu tortişuv poyoniga yetmaydi. “Muxlislarbop bölişi kerak”, deydiganlar tuşunarsiz asarlarni tanqid qiladilar. “Xalq tuşunmaydigan bölsa, u asar nima uçun kerak?” deydilar. Ikkinçi taraf esa, “yuqori didli asarlar xalq saviyasi darajasiga tuşmasligi kerak, qaytanga ommaning didini oşiriş uçun xizmat qilişi lozim”, deyişadi.

Men oxirgi ikki klasikoni futboldagi san'at asariga — muxlislarga u qadar tuşunikli bölmagan asarga mengzagan bölardim. Oldingi klasikolardan farqli ravişda unda oçiq intriga kuzatilmaydi, ikki daho töqnaşuvini körmaymiz, murabbiylar nomi yulduz darajasiga çiqib ulgurmagan, turnir jadvalidagi holat ham muxlislarning e'tiborini boşqa tomonga qaratmoqda. Lekin yaxşilab 180 daqiqalik öyinni tahlil qiladigan bölsak, unda oldingi klasikolardan köra ajibroq jihatlarni ilğaymiz. Işonavering, şu ikki öyin menga 2010 yildan boşlangan klasikolardan ança didliroq keçdi. Ha!

Bilasizmi, Valverde boşqa murabbiylardan köra insofli va rostgöy mutaxassis. Sira aldaganini eşitmaganman. Kataloniyaga kelib, ilk klasikoda qaqşatqiç zarba qabul qilganida ham, Madridga kelib ikkita ğalabani qölga kiritganida ham özgarmagani meni qoyil qoldirgan. Ana şu mutaxassis kubok öyinidagi ğalabasidan söng jamoasini yomon öynadi deb tanqid qildi. “Xulosalar çiqarişimiz kerak”, dedi.

Tasavvur qilyapsizmi, Mourino xuddi şu holatda asl muammolarni yuzaga olib çiqarmidi? Yöq, butunlay söz öyini qilib, içida öylab turgan gaplarini taşqariga çiqarmay, yigitlarning superöyinini çiroyli ta'riflab qöya qolardi.

Xullas, Valverde yirik hisobli ğalabadan söng ham öyinida muammolar borligini aytdi va uç kun içida ança işlaganini keyingi bahsda körsatib berdi. Va qiziği, 1:0ga yutgan uçraşuvidan mamnun bölmoqda: “Oldingi öyinda köp muammoga duç kelgandik. Ba'zi öyinlardagi hisob aldamçi böladi. Misol uçun, biz Çempionlar ligasida “Lion” darvozasi oldida 20dan ziyod golli vaziyat yaratdik, gol ura olmadik. Öyin tugagaç, hamma bizni tanqid qildi, aslida men öyindan rozi edim. Kubokdagi öyinimiz bizdan köra “Real”ning mazmunli öyini bilan yodda qoldi. Biz töpni köp uşlab tura olmadik. Zonalarni yaxşi yopolmadik. Madrid vaziyatlaridan foydalana olmasligi hisobiga yengib ketdik. Lekin liga uçraşuvida biz barça jabhada ustunlik qildik. Demak, işlarni töğri olib boryapmiz!”