Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi mas'ul xodimlari Uzcard kompaniyasi vakillari bilan uçraşdilar. Vazirlik tomonidan hamkorlikda amalga oşirilişi mumkin bölgan loyihalar böyiça ğoyalar taklif etildi.

Xususan, avtomobil transportining xavfsizligini ta'minlovçi innovatsion usullarni joriy etiş böyiça loyiha taqdim etildi. Mazkur loyihaga köra benzinda yuruvçi va gaz ballonli transport vositalarini röyxatdan ötkaziş va hisobini yuritiş yagona elektron tizimini (blokçeyn texnologiyasini qöllagan holda) yaratiş nazarda tutilgan.
 
Öz navbatida, Uzcard kompaniyasi vakillari taklif etilgan loyihaga texnik topşiriq tuzişga talab qöyadigan asosiy buyurtmaçini aniqlangan taqdirda dasturiy ta'minotni işlab çiqiş böyiça hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Şuningdek, uçraşuvda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan elektromobil sohasi uçun yöl-transport infratuzilmasini takomillaştiriş, samarali ekotizimni yaratiş va uni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
 
Muhokamalar yakuniga köra tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantiriş, mazkur yönalişdagi samarali ekotizimni yaratiş, transport sohasida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça hamkorlik haqida kelişdilar, deyiladi xabarda.