Qozog‘iston Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy tiklanish yo‘li orqali Afg‘oniston muammosiga yechim topishni taklif qilmoqda. Ayni paytda respublika Afg‘onistonga tinchlikni qaytarish jarayonida ishtirok etyapti. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Beybut Atamqulov hukumat soati vaqtida ma'lum qildi, deya xabar beradi Zakon.kz.
- Ushbu taklifning innovatsionligi shundaki, biz Afg‘onistonda yuz berayotgan murakkab masalalarni iqtisodiyotlashtirishni taklif etdik. Bugungi kunda bu deyarli yangi yechim va mojaroni hal qilishning qurolli yo‘lidan tinch, iqtisodiyotlashtirish yo‘liga o‘tishning yangicha usuli, - dedi Atamqulov deputat Aronovaning savoliga javoban.
Vazir Qozog‘iston kompaniyalari ishtirok etayotgan loyihalar haqida ma'lumot berdi. Bu, masalan, transport va infratuzilma tarmoqlarini qurish, jumladan, «Shimol - Janub» temir yo‘lini barpo etish.
- Qozog‘istonning «Integra» kompaniyasi uchastkalardan biri uchun tenderda g‘olib chiqdi - bu 43 km, Haf Hirot qismi (bu temir yo‘l Afg‘oniston va Eronni bog‘laydi). Bundan tashqari, Qozog‘istonning «Aktyubinskiy relsobalochniy zavod» kompaniyasi ushbu temir yo‘l qurilishi uchun Afg‘onistonga 350 ming tonna rels yetkazib berish bo‘yicha tanlovda yutib chiqdi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Afg‘onistonda yoshlar ta'limi bilan shug‘ullanmoqda. Loyiha uchun 50 million dollar ajratildi. 2021 yilda bu loyiha tugaydi, shu vaqtga kelib minglab mutaxassislar, shifokorlar, muhandislar Qozog‘iston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. Qozog‘iston O‘zbekiston bilan birgalikda ishtirok etadigan YeIning yana bir dasturi - Afg‘onistondagi ayollar uchun ta'lim.
Mavzuga oid
20:25 / 05.01.2025
Qozog‘istonda AZAL yo‘lovchilarini qutqarishda ishtirok etgan 19 kishiga davlat mukofotlari topshirildi
17:13 / 05.01.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga olib chiquvchi yangi temiryo‘lni 2027 yilda ishga tushirmoqchi
23:55 / 04.01.2025
Geosiyosiy hafta tahlili: gaz tranzitini to‘xtatgan Ukraina, Rossiyadan norozi Ozarboyjon va tanlov qarshisidagi Suriya
21:48 / 04.01.2025