Tafs Universiteti (AQŞ) olimlari aniqlaşiça, pomidor tarkibidagi likopin karotinoidli pigmenti jigarning yoğ bosiş (yoğ gepatozi) kasalligi, saraton va yalliğlanişning rivojlaniş xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

Tadqiqot davomida yangi tuğilgan siçqonlar organizmiga jigarda salbiy ösimtalar şakllanişiga turtki beruvçi kanserogen kiritildi. Şundan söng, kemiruvçilar yuqori yoğli ovqatlar bilan oziqlantirildi. Şu bilan birga, hayvonlar guruhlaridan biri qöşimça ravişda pomidor kukunini ham olgan.

Ma'lum bölişiça, likopin foydali mikroflora soni va turlarini köpaytiradi, bu esa yalliğlanişni çaqiruvçi ba'zi bakteriyalar haddan taşqari ösişiga tösqinlik qilgan. Bu holda jigarning yoğ bosişi va saraton kasalligi ehtimoli pasaygan, bunga nosoğlom parhez turtki berdi.

Bundan taşqari, olimlarning körsatişiça, pomidor kukuni alohida likopinga qaraganda ança samarali bölgan. Bu vitamin Ye, vitamin S, folatlar, minerallar, fenol birikmalar kabi boşqa foydali birikmalar pomidorda mavjud ekani bilan izohlanadi. 

Dunyodagi eng boy odamlardan biri saratonga çalindiAfsonaviy boksçi saraton tufayli vafot etdi