Bolalar öynab ham çarçaşi mumkin, biroq çarçoq har doim ham beziyon bölavermaydi, ba'zi holatlarda u xavfli kasalliklardan darak berayotgan bölişi mumkin! Yurak kasalliklari şular jumlasiga kiradi. Tuğma yurak porogi eng keng tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi.

Dunyo miqyosida oladigan bölsak, har yili 1 milliondan ziyod bola şunday taşxis bilan tuğiladi. Ba'zilarda kasallik nasldan naslga ötgan bölsa, boşqalarda uning yuzaga kelişiga atrof-muhitning salbiy ta'siri sabab bölgan.

ACIBADEM Universitetining Atakent şifoxonasi bolalar kardiologi, professor Ender Odemişning sözlariga köra, homiladorlikning 18 haftasidayoq exokardiografiya yordamida bolada yurak kasalliklari bor yoki yöqligini aniqlaş mumkin. U bölğusi onalarga muntazam ravişda tekşiruvlardan ötişni tavsiya qiladi.

Professor Ender Odemiş

Professor Ender Odemiş yurak porogi mavjudligidan dalolat beruvçi beş muhim belgini ma'lum qilib, bunday vaziyatlarda qanday yöl tutişga oid bir neça maslahat berdi.

Kökrak qafasidagi oğriq – eng keng tarqalgan va muhim belgilardan biri. U har doim ham yurak bilan boğliq muammolardan darak beravermaydi, oğriq skelet-muşaklar, nafas yoki hazm qiliş tizimidagi muammolar bilan boğliq bölişi ham mumkin.

Kökrak qafasidagi yurak kasalligi bilan boğliq oğriq odatda jismoniy maşqlar vaqtida paydo bölib, nafas siqişi, çarçoq, sianoz, ritmning tezlaşişi yoki buzilişi bilan kuzatiladi. Ba'zan jismoniy oğirlik köpayganda oğriq kuçayadi. Agar oğriq haddan taşqari tor qon tomirlari sabab yuzaga kelayotgan bölsa, u holda bu vaqtda jismoniy oğirlikning kuçayişi jiddiy asoratlar – huşdan ketiş va hatto ölimgaça olib kelişi mumkin.

Kiçik yoşda vazn töplaş bilan boğliq muammolar – yurakdagi yetişmovçilikning muhim belgilaridan biri. Soğlom bola öz hayotining birinçi oyida kuniga 15 grammdan 30 grammgaça vazn töplaydi, oltinçi oyga borib bolaning tuğilgan vaqtidagi vazni – ikki baravarga, 1 yoşda esa uç baravarga oşişi kerak. Biroq tuğma yurak porogi bölgan bolalar organizmning yetarliça kislorod va töyimli moddalar bilan ta'minlanmasligi sabab yaxşi vazn töplay olmaydi. Boşqa belgilar bilan qöşilganda esa bolaning ahvoli yomonlaşişi mumkin.