Yevropa Ittifoqi statistika xizmati, Xalqaro Mehnat taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş taşkiloti 2017 yil yakunlariga asoslangan ma'lumotlariga köra, turli davlatlardagi örtaça maoşlar miqdori böyiça reyting tuzib çiqilgandi.
157 ta davlat iştirok etgan röyxatda Özbekiston 118 örinni egalladi va mamlakatda örtaça maoş miqdori 235 dollarga teng, deya e'tirof etilgan.
Davlat statistika qömitasining 2018 yil yakunlari hisoboti böyiça esa uşbu raqam, deyarli özgarmasdan, 1 mln. 800 ming sömni taşkil etmoqda.
Köpçilikni esa uşbu summa qay tartibda hisoblanişi qiziqtiradi. Budjet taşkilotlarida mehnat qiluvçi xodimlarning örtaça oylik maoşlari miqdori qaysi mezonlarga asoslanib çiqariladi? Mutaxassislar bu haqida batafsil ma'lumot berişdi.
Davlat statistika qömitasi demografiya va mehnat statistikasi boşqarmasi boşliği Begzod Şodiyevning xabar qilişiça, örtaça oylik maoşi juda oddiy hisoblanadi, ya'ni korxona-taşkilotlardagi umumiy oylik iş haqiga ajratilgan mablağ işçilar soniga bölinadi va natija kelib çiqadi.
«Davlat statistika qömitasiga butun respublikadagi yuridik (yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari emas) taşkilotlarning hisobotlari taqdim etiladi. Katta korxona va taşkilotlar har çorakda, kiçik sub'yektlar esa yilda bir marta hisobot taqdim etişadi va ularni jamlab yagona baza tuziladi. Şunga asosan örtaça oylik iş haqi miqdori çiqariladi», — deya ta'kidladi u.
Iqtisod fanlari nomzodi Hayitmurod Xöjaqulov ham örtaça oylik maoşni hisoblaşda yuqoridagi an'anaviy usuldan foydalanilişi töğrisida ma'lumot berdi va boşqa muqobil variantlarni ham keltirib ötdi.
«Ma'lum korxonada hamma işçilar ham bir xil maoş olmaydi. Örtaça natija qanday hisoblanadi, degan savol tuğilişi tabiiy. Misol uçun, taşkilotda 200 nafar xodim mehnat qiladi. Ularning 50 nafari 2 mln. söm, 10 nafari 2.5 mln. söm, 100 nafari 2.8 mln. söm, qolgan 40 nafari esa 3 mln. sömdan oylik maoş olişadi. Keltirilgan maoşlarni xodimlar soniga köpaytiramiz. Çiqqan natijalarni qöşib çiqamiz va uni umumiy xodimlar soniga bölamiz», — deya qöşimça qildi Xöjaqulov.
Şodiyev aytişiça, eng katta va eng kiçik oylik maoşi degan tuşunça yöq va unga nisbiy tuşunça, deb qaraş lozim.
«Davlat statistika qömitasi iş haqlari biri ikkinçisiga nisbatan past-baland, deya xabar beradi. Masalan, OAVda ta'lim va tibbiyot sohasidagilar eng kam oylik olişlari haqidagi xabarlar notöğri talqin qilingandi. Uşbu sohadagi ayrim xodimlar eng yuqori oylik maoş oluvçi bank xodimlaridan ham yuqori iş haqi olişlari mumkin», — deydi u.












