Kinodagi faoliyatini komediya va oilaviy munosabatlar mavzusidagi filmlar işlaşdan boşlagan taniqli rejissyor Rustam Sa'diyev sönggi yillarda jiddiy mavzular – terrorizm va ekstremizm, narkobiznesga qarşi kuraş mavzulariga qöl ura boşladi.

Rejissyorning «Sotqin» filmi ssenariysidagi voqealar Andijon voqealari bilan öxşaş ekanligi köplab savollarni yuzaga keltirgandi.

U Kun.uz muxbirining aynan uşbu masala yuzasidan savoliga javob berdi.

«Sotqin» filmida Andijon voqealari qanday bölgan bölsa, yaqqol şunday olib qöyilgan, deb bölmaydi. Xuddi öşa jarayon rivojlanayotgan davr bitta oila içida keçayotgan munosabatlar va ularning nuqtai nazari bilan körsatilgan. Umuman olganda, u filmda Andijon voqealarini tölaqonli körsatib beriş niyati bölmagan.

Andijon voqealari butunligiça şunday bölgan yoki film Andijon voqealari haqida deb ayta olmayman. Kinodagi voqealarning mağzi – bir oiladagi ikki xil dunyoqaraş qarama-qarşiligidir. Bu bölgan voqea. Oila a'zolarining ismlarini bilmayman. Film yozib berilgan körsatmalarga köra işlangan.

Bizda Andijon voqealari unday emas, bunday bölgan degan niyat bölmagan. Andijon voqealarining guvohi bölganlar real voqealarni film bilan taqqoslab, mazmun va ifoda mutlaqo boşqaligini tasdiqlaydi», deydi rejissyor.

Rustam Sa'diyev bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube