Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati töğrisida”gi 474–I-sonli Qonunining 5-moddasi quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan töldirilişi mumkin:

“12-1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq qarzini undiriş çoralarini köriş”.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan ÖRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritiladi:

65-moddaning birinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Undiruvni soliq tölovçining mol-mulkiga qaratiş davlat soliq xizmati organining da'vo arizasi asosida sud tartibida amalga oşiriladi, bundan uşbu Kodeksning 651-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno”;

quyidagi mazmundagi 65-1-modda bilan töldiriladi:

“65-1-modda. Davlat soliq xizmati organining qarori asosida undiruvni soliq tölovçining mol-mulkiga qaratiş

Undiruvni soliq tölovçining mol-mulkiga qaratiş töğrisidagi qaror soliq tölovçi soliq qarzini yozma tan olgan va u undiruvni uning mol-mulkiga qaratiş haqida ogohlantirilgan taqdirda davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilinişi mumkin.

Soliq qarzini yozma tan oliş elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan elektron hujjat şaklida taqdim qilinişi mumkin.
Davlat soliq xizmati organining undiruvni soliq tölovçining mol-mulkiga qaratiş töğrisidagi qarorida quyidagilar körsatiladi:

1) qaror qabul qilgan davlat soliq xizmati organining nomi;
2) qaror qabul qilingan sana va uning raqami;
3) yuridik şaxsning töliq nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuğilgan yili va joyi, pasport ma'lumotlari (seriya, raqami va pasport berilgan sana);
4) soliq tölovçining joylaşgan joyi (poçta manzili), bank rekvizitlari va identifikatsiya raqami;