«Benfika»ning 19 yoşli yarimhimoyaçisi Joau Feliş uçun raqobatda «Yuventus» yetakçilik qilmoqda. AS xabariga köra, xavbek Turin klubining yozgi transfer maqsadlari röyxatida eng yuqori örinlarda turibdi.

Qayd etilişiça, «Yuve» Feliş uçun uning şartnomasida körsatilgan miqdor – 120 mln yevroni tölaşga tayyor. «Byankoneri» sport direktori Fabio Paratiçi bu haqda «Benfika»ga ma'lum qilib ulgurgan. Tomonlarning uçraşuvida futbolçining agenti Jorjye Mendeş ham qatnaşgan.

Qöşimça qilinişiça, Joauga «Mançester Yunayted», «Barselona», «Real» va «Atletiko» kabi klublar ham befarq qaraşmayapti. Ammo endilikda «Yuventus» bu raqobatda yetakçiga aylangan.

Hujumkor yarimhimoyaçi bu yil «Benfika» asosiy jamoasida debyut mavsumini ötkazmoqda. U Portugaliya çempionatining 16ta öyinida maydonga tuşib, 13ta golda (9+4) bevosita iştirok etdi.