Ayrim kişilar hayot qaynab toşgan şovqinli şaharlarga sayohat qilişni yoqtirişadi, boşqalar esa kiçik manzilgohlarga taşrif buyurişni afzal körişadi. Bu kabi şaharçalar özining sokinligi, fayzi, urf-odatlari va yorqinligi bilan kişi e'tiborini jalb etadi. Keling, kiçik şaharlarga otlangan sayyohlar ortidan borib, dunyoning eng mitti şaharçalarini tomoşa qilamiz.

Italiya bilan çegaradan şimolroqda Şveytsariyaning eng maşhur dam oliş maskanlaridan biri – Tsermatt joylaşgan. U baland toğ yonbağirlari bilan öralgan çuqurçada joylaşgan. Qişloqçada 5,5 ming kişi yaşaydi.

Xitoyning Yanşo qişloqçasiga köplab sayyohlar taşrif buyurişga harakat qilişadi. Ularni ulkan ğorlarga ega bölgan toğlar, gözal manzarali qirğoqlar, mahalliy aholi şuğullanadigan baliq ovi öziga jalb etadi.

Yuzlab yillar muqaddam qurilib, yorqin ranglarga böyalgan binolar Italiyaning Venetsiya şahridagi mavze böylab sayohat qiluvçilarda yoqimli taassurot uyğotadi. Burano – suv kanallari bilan öralgan Venetsiyadagi kiçik mavze. Öyinçoqlarga öxşab körinadigan uylar derazalari tagida şaharda harakatlanişning yagona usuli bölgan arqon bilan boğlangan qayiqlar turadi. Bu rang-barang tumanda 2,5 ming kişidan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Xitoyga kelgan sayyohlarga “Ajdar tizmasi” zavq beradi. Bu guruç plantatsiyalari baland toğ zinapoyalarida joylaşgan. Ularning oxiri yöqdek körinadi. Bir neça yuz metrga kötarilgan kişi köz öngida aql bovar qilmas manzara gavdalanadi.

Sloveniyadagi Bled şaharçasi aynan şu nomdagi köl qirğoğida joylaşgan. Joyning sokinlik va halovatga burkangan muhiti kişini lol qoldiradi. Beş ming kişi yaşaydigan uylar qadimiy qal'a devorlariga yopişgandek tuyuladi. Çerkovning nayzasimon uçi qorli toğlar fonida ertaksimon taassurot uyğotadi.