Özbekiston Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kirişni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa işlari böyiça bölimlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza (bildirgi);
- pasport nusxasi;
- tuğilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
- çaqiriluvçining qayd etilganligi töğrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
- nomzod tomonidan qölda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa (töldirilgan holatda);
- öqiş, iş (xizmatni ötaş) agar öqiyotgan yoki işlayotgan (xizmatni ötayotgan) bölsa öşa joydan ma'lumotnoma;
- ota-onasining iş joyidan ma'lumotnoma (agar işlayotgan bölsa);
- ota-onasidan farzandining oliy harbiy ta'lim muassasasiga öqişga kirişiga rozilik xati;
- ma'lumoti töğrisidagi (umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarçasi (baholar tabeli) nusxasi;
- oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kirişda imtiyozlardan foydalaniş huquqini tasdiqlovçi hujjatlar (asli va nusxasi);
- yaqin qarindoşlar orasida vafot etganlar bölsa, ularning ölim haqida guvohnomasining nusxasi;
- 3x4 sm ölçamdagi 6ta fotosurat (boş kiyimsiz va burçaksiz) hamda 4,5x6 sm ölçamdagi 4ta fotosurat (boş kiyimsiz);
- nomzodning yaşaş joyidagi hududiy içki işlar organidan jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi töğrisidagi ma'lumotnoma (kontrakt böyiça harbiy xizmatçilar mazkur ma'lumotnomani taqdim qilişi talab etilmaydi).
Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritiş uçun qöşimça ravişda zarur hujjatlar va ma'lumotlar talab qilinişi yoki tegişli taşkilotlardan sörab olinişi mumkin.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etişda pasport, tuğilganlik haqida guvohnoma, çaqiriluvçining qayd etilgani töğrisidagi guvohnoma yoxud çaqiriluvçining harbiy guvohnomasi şaxsan körsatiladi.
Oliy harbiy ta'lim muassasasining qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni öqişga qabul qiliş böyiça tanlaşning istalgan bosqiçida çetlatiş huquqiga ega.












