LADA Uzbekistan kompaniyasi o‘zbekistonlik xaridorlarga LADA rusumidagi keng turdagi avtomobillarni qulay shartlarda sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Maxsus aksiya va dasturlardan foydalangan holda ushbu avtomobil brendining omadli egasi bo‘lishingiz mumkin.

Trade-in – eski avtomobilni sotib, yangisi uchun chegirmani qo‘lga kiriting

Trade-In aksiyasi – eski avtomobilingizni sotish barobarida yangi LADA avtomobilini xarid qilish uchun qo‘shimcha chegirmani qo‘lga kiritishning ajoyib imkoniyati. Agarda siz o‘z avtomobilingizni bir oy ichida sotgan bo‘lsangiz, LADA rasmiy savdo ofislariga murojaat qilganingizda oldi-sotdi shartnomasini taqdim eting va avtomobil xarid qilishdagi qo‘shimcha chegirmani qo‘lga kiriting.

Izoh: Sotilgan avtomobil sizning shaxsiy mulkingiz bo‘lishi va yuridik jihatdan ham sizning nomingizga rasmiylashtirilgandagina chegirma taqdim etiladi.

Aksiya 2019 yilning 18 fevralidan 31 martiga qadar amal qiladi.

* Mazkur aksiya bo‘yicha chegirmalar «Oilada ikkinchi LADA» va «Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash dasturi» chegirmali aksiyalari bo‘yicha umumlashtirilmaydi. «Avtomobil buyurtma qil va foyda ol» yoki «Yangi LADA Granta'ga chegirmalar» aksiyalaridan biriga umumlashtirilishi mumkin.

Oilada ikkinchi LADA

Agarda oilangizda LADA avtomobili mavjud bo‘lsa va sizga ikkinchi avtomobil zarur bo‘lsa, u holda «Ikkinchi LADA avtomobili» dasturi bo‘yicha qo‘shimcha chegirmani qo‘lga kiritishingiz mumkin. 

Asosiy sharti – oilada (shaxsiy yoki yaqin qarindoshda foydalanilayotgan) chiqarilganiga besh yildan ko‘p bo‘lmagan LADA avtomobili mavjud bo‘lishi lozim. Ushbu holatni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi butun mamlakat bo‘ylab LADA rasmiy savdo ofislarida yangi avtomobilni sotib olishda qo‘shimcha chegirmaga ega bo‘lish imkonini beradi.  

Aksiya 2019 yilning 18 fevralidan 31 martiga qadar amal qiladi.

* Mazkur aksiyaning afzalliklari «Trade-in dasturi» va «Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash dasturi» aksiyalarining shartlari bilan umumlashtirilmaydi. «Avtomobil buyurtma qil va foyda ol» yoki «Yangi LADA Granta'ga chegirmalar» aksiyalaridan biriga umumlashtirilishi mumkin.