Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, sportning texnik va amaliy turlari, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel bo‘yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar oliy ta'lim muassasalariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Ilgari bu imtiyoz faqat sportning olimpiya turlari, “Kurash” milliy sport turi, shaxmat, shashka bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga berilgan.