Uç oydan keyin mamlakatda özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş tartibi özgaradi. 4.03.2019 yildagi ÖRQ–526-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga tegişli tuzatişlar kiritildi.
Norma’ning yozişiça, umumiy qoidaga köra özboşimçalik bilan imorat qurgan şaxs unga mulk huquqini ololmaydi, uni tasarruf etişga – sotişga, hadya etişga, ijaraga berişga, boşqa bitimlar tuzişga haqli emas. Bunday imorat sudning qaroriga binoan uni qurgan şaxs tomonidan buzib taşlanişi lozim. Biroq qoidadan ikkita istisno avvalboşdan nazarda tutilgan.
Birinçisi – öziga ajratilmagan yer uçastkasida şaxsning özboşimçalik bilan qurgan imoratiga nisbatan mulk huquqini sud, başarti mazkur yer uçastkasi şu şaxsga qurilgan imorat uçun belgilangan tartibda ajratiladigan bölsagina, e'tirof etişi mumkin. Ya'ni yer uçastkasini beriş töğrisidagi hokimlikning qarori bilan ham sudga murojaat qiliş mumkin. Bu holda sud işni sudda körişga tayyorlaş bosqiçida taqdim etilgan da'voga bölgan munosabatini aniqlaş uçun hokimlikni arz qilingan talab töğrisida xabardor qiladi. Buning ustiga, hokimlik uşbu imorat qurilgan yer uçastkasini da'vogarga ajratişni rad qilgan taqdirda, ariza beruvçi uşbu qaror ustidan sud tartibida nizolaşişi mumkin (OSPning 24.09.2004 yildagi 14-son qarori 24-bandi).
Biroq, boşqa tomondan, yer uçastkasi «quruvçiga» tegişli bölmasa, uçastka özboşimçalik bilan egallab olingan böladi. Öziniki bölmagan uçastkada imorat qurib, söng hokimlikdan uni ajratib berişni talab qiliş imkoniyati kam deganda quyidagilarga zid keladi:
• yer uçastkalarining özboşimçalik bilan egallab olinişiga doir huquqbuzarliklarning oldini oliş çoralariga. Bunda yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab olganlik uçun sanksiyalar oşirilibgina qolmay, bunga yöl qöymaslik böyiça çoralar körmaganlik uçun javobgarlik ham joriy etilmoqda;
• yakka tartibda uy-joy quriş uçun yoxud tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkalariga bölgan huquqlarni röyobga çiqarişning belgilangan tartibiga.
Uşbu oçiq-oydin ziddiyatlarni bartaraf etiş uçun özboşimçalik bilan qurilgan imorat joylaşgan yer uçastkasini keyinçalik ajratib beriş va, tegişinça, imoratning öziga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş varianti çiqarib taşlanmoqda.
Şu tariqa, imorat qurilgan yer uçastkasining mulkdori bölgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan şaxslarning özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqigina e'tirof etiladi.













