5 mart kuni Alişer Navoiy nomidagi kinosaroyda rejissyor Nozim Abbosovning «Said bilan Saida» filmi tomoşabinlarga taqdim etildi. Film Özbekiston Qahramoni, adib Said Ahmad va Saida Zunnunovaning Stalin repressiyasi paytidagi hayoti, muhabbat va sadoqatidan hikoya qiladi.

«Said bilan Saida» filmining ssenariy mualliflari Özbekiston san'at arbobi, marhum Şuhrat Abbosov va Nodira Husanxöjayeva (Said Ahmadning qizi) hisoblanişadi.

«Özbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga köra filmni tasvirga oliş jarayoni 2018 yilning iyun oyida boşlangan.

Badiiy filmda rollarni Erkin Bozorov (Said Ahmad), Şahlo Temirova (Saida Zunnunova), Zulxumor Möminova, Dilnoza Kubayeva, Şodiya Töxtayeva, Furqat Fayziyev, Jumadulla Rametov va boşqalar ijro etişgan.

Ma'lumot uçun, Nozim Abbosov 1962 yilda rejissyor Şuhrat Abbosov xonadonida tavallud topgan. Faoliyatini postanovkaçi rassom sifatida 1984 yildan boşlagan. Rejissyor sifatida «Oydinoy», «Abadiyat çarxi» kabi filmlarni suratga olgan.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube