66 yil avval, 1953 yilning martida millatlar dohiysi Ittifoqchilar uyiga yotqizilgan payt Stalin qatag‘onining so‘nggi to‘lqini paydo bo‘lgandi. 

«Aksa urdi», «yig‘lamadi», «azada yolg‘ondan tund qiyofada yurdi...». Mana shunday ayblovlar bilan kishilar mahkamaga keltirila boshlandi.

Totalitar rejim hukmron davlatlarda aza katta ahamiyatga ega bo‘lgan, negaki, davlat rahbari vafot etguncha hokimiyatni saqlab turgan va uning dafn marosimini o‘tkazish katta siyosiy o‘zgarishlarga ishora qilgan. Eski hokimiyat ta'siridan qochishga uringanlar ayni vaziyatda o‘zligini ko‘rsatishi, siyosiy merosxo‘r esa tartibni saqlab qolishi kerak. Keng jamoatchilik uchun siyosiy merosxo‘rning kim bo‘lishi dafn marosimini tashkil etish komissiyasiga rahbarlik qilgan shaxs yuzi bilan tanib olingan. 

Stalindan keyin Xrushchev hokimiyatni egallashi mana shunday belgilar bilan ayon bo‘ldi. 

1953 yili 6 mart kuni Stalin o‘limi e'lon qilindi, 6-9 mart kunlari butun Ittifoqda aza e'lon qilinib, dafn marosimiga tayyorgarlik boshlandi. 

Omma bunday yangilik, o‘zgarishga tayyor emasdi. Oxirgi marta Lenin bilan xayrlashgan sovet xalqi urush dohiysini ham so‘nggi yo‘lga kuzatadi. Balki, shuning uchun xalq o‘z bilganicha Stalin bilan vidolashdi: qayerdadir aza mitingi tashkil etildi, kimlardir Moskvaga otlandi, boshqalar esa ko‘chalarda marhum suratini ko‘tarib ko‘z yosh oqizdi.

Davlat xavfsizligi vazirligiga bularning barchasi yoqmagan: ular dafn marosimi qanday o‘tishini nazoratga olish tashabbusi bilan chiqdi. Stalinga bo‘lgan kuchli muhabbat Xrushchevni ham biroz cho‘chitib qo‘ydi va tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Shu kunlarda har bir tuman yo qishloqdan sovet fuqarosining Stalin o‘limi munosabati bilan bildirgan qayg‘usi haqida maxsus xabarnomalar Kremlga yuborildi.

Foto: SSSR arxividan

Xabarnomalarda ta'kidlanishicha, radioxabardan so‘ng, kimdir bir luqma ham tomoqdan o‘tmayotgani, boshqasi esa «endi ularga kim otalik qilishini o‘ylab faryod qilayotgani» bildirilgan. Vazirlik shubha qilganidek, bu jarayonlar umumiy ijtimoiy kayfiyatga salbiy ta'sir qilishi mumkin edi.