«Bavariya» klubi Yoaxim Lyovning Germaniya terma jamoasiga Jyerom Boateng, Mats Hummels va Tomas Myullerni çaqirmaslik haqidagi qarorini tanqid qildi.
«Yoaxim Lyov futbolçilarimiz Tomas Myuller, Jyerom Boateng va Mats Hummelsni Germaniya terma jamoasiga boşqa çaqirmaslik haqidagi qarorini e'lon qildi. Uning işiga aralaşmoqçi emasmiz.

Biroq, bu qarorning e'lon qiliniş vaqti töğri tanlanmaganini ta'kidlaymiz. Germaniya terma jamoasi sönggi öyinni 2018 yil noyabr oyida ötkazdi. Bu qaror esa oradan 3,5 oy ötgaç e'lon qilindi.
Çempionlar Ligasidan örin olgan «Liverpul»ga qarşi muhim öyindan oldin bu qarorning e'lon qilinişi bizni hayron qoldirdi.
Tomas Myuller (100ta öyin), Mats Hummels (70) va Jyerom Boateng (76) Germaniya terma jamoasining 2014 yilgi jahon çempionatidagi ğalabasiga katta hissa qöşgan. «Bavariya» bu futbolçilarning nemis futboli oldidagi xizmatlarini hurmat qiladi va qadrlaydi», - deyiladi bayonotda.












